Ilm yo'lidagi izlanishlar o'z samarasini bermay qolmaydi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyidan tahsil oluvchi o'quvchilardan biri Abdurazzaqov Javlon muddatidan oldin xorijiy OTM ga talabalikka qabul qilindi.
Abdurazzaqov Javlon o'zining muntazam harakati, ilm yo'lidagi tinimsiz izlanishlari sabab ustozlar hamda ota-onasi ishonchini oqlagan holda tengdoshlaridan oldin talaba bo'lish baxtiga erishdi. U Yaponiyaning O'zbekistondagi nufuzli oliygohi JDU (Japan digital university)ga o'qishga qabul qilindi. Javlon hozirda akademik litseyning 203-guruhida tahsil olib kelmoqda.
O'quvchimizni erishgan yutuqlari bilan qutlagan holda kelgusi o'qishlarida muvafaqqiyat tilaymiz!
SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


