Akademik litsey kutubxonasida "Navoiy asarlari shaydosiman" mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Chop etish

Joriy yilning 5-fevral sanasida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi kutubxonasida "Navoiy asarlari shaydosiman" mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1 va 2-kurs o‘quvchilari ishtirok etib, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan munosabatlarini ijodiy yondashuv bilan ifodaladilar. Ushbu tanlov yoshlarning Navoiy merosini yanada chuqurroq o‘rganishiga, uning asarlaridan ilhomlanishiga xizmat qildi. Tez orada natijalar e’lon qilinadi va g‘oliblar aniqlanadi. Tanlov barcha ishtirokchilar uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi va Navoiy ijodining betakror jozibasini his qilishga imkon yaratdi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati