Akademik litsey 1-, 2-bosqich o‘quvchi qizlari uchun litsey ichki odob-axloq qoidalariga rioya qilish borasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi 1-, 2-bosqich o‘quvchi qizlari uchun litsey ichki odob-axloq qoidalariga rioya qilish borasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatida tartib-intizomga qat'iy amal qilish, odob-axloq me'yorlarini saqlash hamda litsey nufuzini himoya qilishning ahamiyati yana bir bor ta’kidlandi.
O‘quvchilar uchun qoida va talablarning eslatilishi ularning mas'uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Har bir o‘quvchi bilim olishi barobarida, odob-axloq qoidalariga ham amal qilishga majbur. Shunday ekan, tartib-intizomga rioya qilish va namuna bo‘lish har bir litsey o‘quvchisining burchidir.
SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati