Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning 584 yillik xotirasiga bag‘ishlangan “Navoiyni yod olib” nomli "Ma'naviyat soati" tadbiri bo‘lib o‘tdi

Chop etish

Joriy o'quv yilining 7-fevral sanasida 203-guruh o'quvchilari ishtirokida  buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning 584 yillik  xotirasiga bag‘ishlangan “Navoiyni yod olib” nomli "Ma'naviyat soati" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Navoiy merosi, uning adabiyot va madaniyatimizdagi o‘rni, shuningdek, asarlarining bugungi kundagi ahamiyati muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan shoirning g‘azallari o‘qildi, uning ijodi haqida fikr-mulohazalar bildirildi va qiziqarli bahs-munozaralar o‘tkazildi. Ushbu tadbir yoshlarning buyuk ajdodimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishga, Navoiy ijodini chuqurroq anglashiga xizmat qildi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati