Akademik litseyda Alisher Navoiy tavalludining 584 yillik xotirasiga bag‘ishlangan “Navoiy yodi qalblarda mangu’’ nomli tadbiri bo‘lib o‘tdi

Chop etish

Joriy yilning 8-fevral sanasida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida Alisher Navoiy tavalludining 584 yillik  xotirasiga bag‘ishlangan “Navoiy yodi qalblarda mangu’’ nomli tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Navoiy merosi, uning adabiyot va madaniyatimizdagi o‘rni, shuningdek, asarlarining bugungi kundagi ahamiyati, turkiy tilga qo'shgan hissasi muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan shoirning g‘azallari o‘qildi, uning ijodi haqida fikr-mulohazalar bildirildi va qiziqarli sahna ko'rinishlari ijro etildi.

 

Ushbu tadbir yoshlarning buyuk ajdodimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishga, Navoiy ijodini chuqurroq o'rganishga xizmat qildi. Tadbir so'ngida faol ishtirok etgan o'quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

 

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati