Kitobxonlik uchrashuvi o'tkazildi

Chop etish

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar o’rtasida kitobxonlik g’oyalarini ilgari surish, kitob mutolaasini ommalashtirish asnosida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida ham o’quvchilarni kitobxonlikka targ’ib qilish, ularni kitob mutolaasiga qiziqtirish yo’lida turli xil tanlovlar madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan bugun, 10-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining bir guruh o'quvchilari Samarqand nshahrida joylashgan A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida yozuvchi Akrom Malik bilan o’tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdilar.

Ushrashuvda mahoratli yozuvchi Akrom Malik buyuk mutafakkir Alisher Navoiy qalamiga mansub "Hayrat-ul abror" asarini o'quvchiga tushunarli, go'zal tarzda bayon etganligi, Navoiyning boy ijodi haqida tadbir qatnashchilariga ma'lumot bermoqda. Bundan tashqari, Navoiy asarlaridagi axloqiy fazilatlar bayoni, insoniylik, hamjihatlik, go'zal xulq tavsifi yozuvchi tomonidan alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, suhbat davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga muallifdan javob oldilar.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati