Akademik litseyda ona tili fanidan "Madaniy nutq va uni shakllantiruvchi asosiy sifatlar" mavzusida ochiq dars o'tkazildi

Chop etish

Joriy yilning 19-fevral kuni Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida  ona tili fanidan "Madaniy nutq va uni shakllantiruvchi asosiy sifatlar" mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Tillabayeva Zilola tomonidan tashkil etilgan ushbu darsda "Bog‘bon quyon", "Zukko o‘quvchi", "Lolalar guldastasi", "Sirli koinot", "Savollar estafetasi", "Mutafakkirlar ziyosi", "Erkin so‘z" kabi interfaol metodlardan foydalanildi. Ushbu metodlar o‘quvchilarni faollikka undash, ularning fikrlash doirasini kengaytirish va madaniy nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

 

Dars jarayonida o‘quvchilar mavzuni chuqur o‘zlashtirish bilan birga, fikr bildirish va o‘z nutqini yanada ravon qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday yondashuvlar o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi va o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati