Akademik litseyning 105-guruhi o‘quvchilari uchun Ipak yo‘li turizm xalqaro universitetiga ma’naviyat soati doirasida tashrif tashkil etildi

Chop etish

Ilm-ma’rifatga bo‘lgan intilish yoshlarning kelajagini belgilovchi muhim omillardandir. Shu maqsadda, Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyining 105-guruhi o‘quvchilari uchun Ipak yo‘li turizm xalqaro universitetiga ma’naviyat soati doirasida tashrif tashkil etildi. Ushbu tadbir davomida o‘quvchilar oliy ta’lim muassasasining ta’lim jarayonlari, imkoniyatlari va muhit bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday tashabbuslar yoshlarning ilmiy saviyasini oshirish, kasb tanlashda aniq qaror qabul qilish va kelajak sari dadil intilishiga xizmat qiladi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati