Akademik litseyda “Zarbdor to‘qson kunlik qutirish oyligi” munosabati bilan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha davra suhbati tadbiri tashkil etildi
SamDCHTI akademik litseyida “Zarbdor to‘qson kunlik qutirish oyligi” munosabati bilan hamda xavfsiz oziq ovqat mahsulotlarini aholiga sifatli yetkazish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha davra suhbati tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirga Samarqand viloyat IIB JXX JTSB karanten tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimi A.Sherbekov hamda Samarqand viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi T.Chilmirzayevlar ishtirok etishdi.
“Zarbdor to‘qson kunlik qutirish oyligi” munosabati bilan akademik litsey o‘quvchilariga xavfsiz oziq ovqat mahsulatlarini aholiga sifatli yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining mazmun mohiyati yetkazildi va xavfsiz oziq ovqat, go’sht maxsulotlarini xarid qilish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.