102-guruh rahbari boshchiligida guruh o'quvchilari bilan birgalikda Buyuk ipak yo‘li Xalqaro turizm universitetiga sayohat darsi tashkil qilindi

Chop etish

  Sayohat darsi davomida  Universitet xodimlari talabalarga universitetda  mavjud ta’lim yo‘nalishlari, abituriyentlar oldiga qo‘yiladigan  talablar  hamda  Universitet talabalariga yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida  batafsil ma’lumot berishdi. O‘quv xonalari, sport  zal, faollar  zali, ayniqsa, universitet kutubxonasiga qilingan tashrif o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.  O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga o‘qituvchilar va  xodimlardan kerakli javoblarni olishdi.Buyuk ipak yo‘li Xalqaro turizm universitetiga qilingan sayohat o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati