Akademik litsey o‘quvchilari uchun Z. Tillaboyeva va N. Nuriddinovalar tomonidan O‘zbekiston madaniyati tarixi muzeyiga sayohat darsi tashkil etildi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi o‘quvchilari uchun Z. Tillaboyeva va N. Nuriddinovalar tomonidan O‘zbekiston madaniyati tarixi muzeyiga sayohat darsi tashkil etildi. Ushbu amaliy dars o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish, milliy merosimizni chuqurroq anglash va nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi. Bunday tashabbuslar yoshlarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning ilmiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati