Yutuqlar bardavom bo'lsin!

Chop etish

 

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilar muddatidan oldin talabalikka qabul qilinayotganligi, jumladan, 2-kurs o'quvchilaridan uch nafari Yaponiyaning O'zbekistondagi oliygohi JDU (Japan digital university) ga qabul qilinganligi haqida xabar bergan edik.

Ana shunday iqtidorli o'quvchilarimiz safi yana bittaga ko'paydi.  Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining 206-guruh o'quvchisi Zohidova Muxlisa Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan "Sinergiya" Xalqaro universitetining Lingvistika yo'nalishiga muddatidan avval talabalikka qabul qilindi.

Ota-onasi hamda ustozlari ishonchini oqlagan holda bugun porloq kelajak sari shahdam qadamlardan birini tashlagan o'quvchimiz  Zohidova Muxlisani erishgan yutug'i bilan tabriklab, kelgusida bundan-da yuqori marralarni zabt etishini tilaymiz.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati