Akademik litsey erkaklar jamoasi barcha ayol o‘qituvchilarini hamda o'quvchi qizlarni – 8-mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi!

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi erkaklar jamoasi barcha ayol o‘qituvchilarini hamda o'quvchi qizlarni  – 8-mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi!

 

Ertalabdan iliq va bayramona kayfiyatda kutib olingan ustozlarning fidokorona mehnati yuksak qadrlanib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Chunki ayol o‘qituvchilar – ilm-ma’rifat charog‘bonlari, yosh avlodga mehr va sabr bilan ta’lim-tarbiya beruvchi, kelajak avlodga yo‘lboshchi bo‘luvchi ulug‘ siymolardir.

 

Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, oilaviy farovonlik, bardavom muvaffaqiyatlar va fidokorona mehnatingizda ulkan zafarlar tilaymiz! Sizlarning ezgu sa’y-harakatlaringiz doimo yuksak e’tirofga loyiqdir!

 

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati