Akademik litseyda bilim va zakovatni sinovdan o‘tkazadigan ajoyib intellektual bellashuv "Yosh Kitobxon" ko'rik tanlovi tashkil etildi!

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida bilim va zakovatni sinovdan o‘tkazadigan ajoyib intellektual bellashuv "Yosh Kitobxon" ko'rik tanlovi tashkil etildi! Ushbu ko'rik tanlov Everest,  Tafakkur, hamda Ma’rifat  jamoalari ishtirokida keskin va qiziqarli, bahs va munozaraga boy tarzda bo'lib o'tdi.

 

Zakovat maydonida o‘zining teran fikrlashi va bilimdonligi bilan Tafakkur jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 1-o‘rin uchun ajratilgan 500ming so'mlik sovrinni qo'lga kiritishdi! Ma’rifat jamoasi 2-o‘rinni egallab, 300ming so'mlik sovrinni qo'lga kiritishdi. Everest jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, 200ming so'mlik sovrin egasiga aylanishdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar pul mukofotlari, deplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar!

 

Bu bellashuv barchaga bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash uchun ajoyib maktab vazifasini o'tadi.

 

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati