Akademik litseyda 1-kurs qizlari oʻrtasida ‘’Balli qizlar’’ koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

Chop etish

"Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 1-kurs qizlari oʻrtasida oʻtkazilgan ‘’Balli qizlar’’ koʻrik-tanlovi nafaqat mahorat, balki goʻzallik, nozik did va epchillikning ham yorqin namunasiga aylandi.

 

Ushbu tanlov akademik litsey xotin-qizlar raisasi U.Mamatjonova tomonidan tashkillashtirildi va ishtirokchilar oʻzlarini tanishtirish, bo’yinboq bogʻlash, gul yasash, soch oʻrish va erkin mavzu shartlari boʻyicha bellashib, har bir bosqichda oʻz qobiliyatlarini namoyon etishdi. Hakamlar hayati har bir ishtirokchini diqqat bilan kuzatib, ularning ijodkorligi, chiroyli taqdimoti va mahoratini inobatga olgan holda baholashdi.

 

Tadbir yakunida faol va iqtidorli qizlar turli nominatsiyalar boʻyicha faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Ushbu tanlov qizlarning istedodini yuzaga chiqarish, ularni yanada ilhomlantirish va milliy an’analarimizni asrab-avaylash yoʻlida muhim ahamiyat kasb etdi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati