Muntazam qilingan harakatlar o’z samarasini bermay qolmaydi

Chop etish

 

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyidan tahsil oluvchi o'quvchilardan biri Rajabboyev Anvarmirzo muddatidan oldin xorijiy OTM ga talabalikka qabul qilindi.

Rajabboyev Anvarmirzo o'zining muntazam harakati, ilm yo'lidagi tinimsiz izlanishlari sabab ustozlar hamda ota-onasi ishonchini oqlagan holda muddatidan avval talaba bo'lish baxtiga erishdi.

U Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va Londonning ISEF (International School of Economics and Finance) qo’shma ta’lim dasturida bo’lib o’tgan imtihonlardan muvaffaqqiyatli o’tib dunyo reytingida top-50 talikka kiruvchi oliy ta'lim muassasasiga o’qishga qabul qilindi. Anvarmirzo hozirda akademik litseyning 201-guruhida tahsil olib kelmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida Anvarmirzo singari iqtidorli, bilimli, shijoatli o'quvchilar borligi bilan faxrlanamiz.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati