24-mart kuni litsey sport maydonida qizlar oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha , 25-mart sanasida yigitlar õrtasida sportning futbol turi bo’yicha ,,Direktor kubogi" musobaqalari boʻlib oʻtdi
24-mart kuni litsey sport maydonida qizlar oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha ‘’Direktor kubogi’’ musobaqa boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada qizlar oʻzlarining jamoaviy mahorati, qat'iyati va kuchli irodalarini namoyish etdilar. Har bir jamoa gʻalabaga erishish uchun tinimsiz harakat qildi. Ammo yakuniy natijalarga ko’ra;
1-o’rinni 102-guruh,
2-o’rinni 101-guruh,
3-o’rinni 107-guruhlar qo’lga kiritishdi.
25-mart sanasida yigitlar õrtasida ,,Direktor kubogi" musobaqasi sportning futbol turi bo’yicha boʻlib oʻtdi. Jamoalar oʻzaro kuch sinashib, azmu shijoat bilan maydonga tushdilar. Musobaqa yakuniy natijalariga ko’ra;
202-guruh 1-o’rinni,
203-guruh 2-o’rinni,
102-guruh 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.
Aprel oyida boʻlib oʻtadigan "Ochiq eshiklar kuni"da musobaqa gʻoliblari Samarqand davlat chet tillar instituti rektori tomonidan taqdirlanadilar.

.jpg)


.jpg)

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati


