Ota-onalar va o'quvchilar ishtirokida bo'lib o'tgan uchrashuvdan lavhalar
Yig‘ilishda yil sarhisobi bo‘yicha o‘quvchilarning ikki yil davomida erishgan yutuqlari, o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi. Mavjud guruhlarda o‘zlashtirishi sust o‘quvchilarning ota-onalari, guruh rahbarlari va fan o‘qituvchilariga tanbeh berildi. 2 oy muddatda ota-onalar bilan hamkorlikda ushbu o‘quvchilarni ko‘zlangan maqsadga erishish uchun amaliy mashg‘ulotlarni amalga oshirish bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida o‘zining bilimi, iqtidori va namunali xulqi-odobi bilan alohida o‘rnak ko‘rsatgan o‘quvchilarning ota-onalari Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.









