101-guruh oʻquvchilari fransuz tili fani oʻqituvchisi U.Mamatjonova boshchiligida Samarqand shahrining tarixiy maskanlariga sayohat uyushtirdilar.

Chop etish

Joriy oʻquv yilining 14-aprel kuni 101-guruhning 11 nafar bilimga chanqoq, izlanuvchan oʻquvchilari fransuz tili fani oʻqituvchisi U.Mamatjonova boshchiligida qadimiy va betakror, goʻzallikka boy Samarqand shahrining tarixiy maskanlariga sayohat uyushtirdilar. Sayohat davomida oʻquvchilar Amir Temur bobomiz barpo etgan tarixiy obidalar, Registon maydoni, Ulugʻbek madrasasi, Shohi Zinda majmuasi kabi yodgorliklar va ularning tarixi  bilan yaqindan tanishdilar. Bu tashrif ajdodlarimizning boy tarixini o'rganishda ma'naviy ma'rifiy maktab vazifasini o'tadi.

 

Mazkur sayohat darsi nafaqat bilim, balki estetik zavq, ruhiy ozuqa ham ulashdi. Oʻquvchilar orasida boy tariximizga bo'lgan qiziqishni yanada orttirdi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati