“Zakovat” intellektual musobaqasining viloyat bosqichi yuksak saviyada tashkil etildi
Samarqand viloyatida boʻlib oʻtgan “Zakovat” intellektual musobaqasining viloyat bosqichi yuksak saviyada tashkil etildi. Unda Oʻrta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilim va zukkolikda oʻzaro bellashdi. Ushbu nufuzli musobaqada Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi oʻquvchilari ham faol ishtirok etib, bilimdonlik va jamoaviylikda oʻz salohiyatlarini namoyon etdilar. Musobaqa davomida yoshlarning izlanuvchanligi, tezkor fikrlashi va mantiqiy xulosalari barchada katta taassurot qoldirdi.







