Akademik litseyni obod qilish, fayzli maskanga aylantirish maqsadida hashar tashkil qilindi

Chop etish

Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari o’rganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri — bu hashar. Hashar — bu ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri. Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra tozalik, ozodalik, ko’cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar bajariladi.

 

Shu bois, joriy yilning 26-aprel sanasida akademik litseyni obod qilish, fayzli maskanga aylantirish maqsadida hashar tashkil qilindi. Ushbu hasharda daraxtlarning tagi ag’darildi va oqlandi. Foydalanishga topshirish arafasida turgan yangi talabalar turar joyining atrofi obod qilindi. Hashar doirasida barcha xodimlar faol qatnashdilar.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati