“Koreya Respublikasida taʼlim olish – 2025” nomli koʻrgazma bo'lib o'tdi
Joriy yilning 25-26-aprel kunlari Toshkent shahridagi Koreya taʼlim markazida “Koreya Respublikasida taʼlim olish – 2025” nomli koʻrgazma bo'lib o'tdi. Mazkur ta'lim ko'rgazmasida Janubiy Koreya Ta'lim vazirining 1-o'rinbosari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov, 50 dan ortiq OTM lar, akademik litsey talabalari hamda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining bir guruh o'qituvchilari bilan birgalikda talabalari ham ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi oʻzaro hamkorlik, yosh avlodning doʻstlik va kelajakka qaratilayotgan oʻzaro hamjihatligi ikki davlatning umumiy manfaatlari yoʻliga xizmat qilayotganidan dalolat beradi.


