Yoshlar yetakchisi A.Mamasoliyev tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi talabalar turar joyida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida Yoshlar yetakchisi A.Mamasoliyev tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Qiziqarli va bilimga boy bahslar davomida yigitlardan iborat  jamoalar o‘zaro kuch sinashishdi. Natijalarga ko‘ra:

 

Liderlar jamoasi — faxrli 1-o‘rinni,

Dinamo jamoasi — faxrli 2-o‘rinni,

Surxon jamoasi —  faxrli 3-o‘rinni egalladi.

 

Barcha ishtirokchilarga bilimdonlik bahsida, jamoaviylik kurashda faolliklari uchun tashakkur bildiramiz! Bunday loyihalar yoshlarning tafakkurini charxlash, jamoaviy do‘stlikni mustahkamlash va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati