Assalomu alaykum, aziz abituriyentlar va ota-onalar! Sizni 7-may kuni bo‘lib o‘tadigan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiriga taklif qilamiz!
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi – bu bilim, imkoniyat va orzularni ro‘yobga chiqaruvchi maskan.
Aynan shu kunda siz:
– Litsey hayoti bilan yaqindan tanishasiz
– Tajribali ustozlar va iqtidorli o‘quvchilar bilan suhbatlashasiz
– O‘zingizga mos, zamonaviy ta’lim muhitini his qilasiz
Agar siz kelajagingizni bizga ishonib, yangi olamni ochmoqchi bo‘lsangiz va haqiqiy o‘sish muhitini izlayotgan bo‘lsangiz – bu tashrif aynan siz uchun!
Sana: 7-may
Boshlanish vaqti: 10:00
Manzil: SamDChTI akademik litseyi hududi.
Kelajagingiz sari birinchi qadamingiz shu yerda bo‘lsin!
Kutamiz va mamnun bo‘lamiz!!!


