Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan davra suhbati o'tkazildi

Chop etish

O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O‘RQ-419-son Qonuniga asosan fuqarolarning o’z manfaatlari yoxud o’zga shaxslar manfaati yo’lida o’z mavqeyidan qonunga xilof ravishda foydalanishlari hamda korrupsion huquqbuzarliklarni amalga oshirishlari qonunchilikda javobgarlikka tortilishga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz bo’ylab mansabdor shaxslar hamda oddiy fuqarolarni korrupsiyaning jamiyat hamda millat taraqqiyotida ulkan to’siq ekanligidan ogohlantirish va mazkur jinoyat bilan bog’liq holatlar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Samarqand davlat chet tillar institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari yuzasidan SamDCHTI akademik litseyida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar bilan davra suhbati o’tkazdilar. 

Jarayon davomida tadbir ishtirokchilari korrupsiyaning jamiyat hayoti hamda xalq farovonligiga g’ov ekanligi, barcha sohalarda korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish hamda bu yo’lda birgalikda harakat qilish singari masalalar xususida suhbatlashdilar. Bundan tashqari, suhbat davomida pedagog-xodimlar mavzu yuzasidan o’z fikr hamda mulohazalarini bildirdilar.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati