Akademik litsey bitiruvchi o'quvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi bitiruvchi o'quvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi.
2025-yil 29-may kuni 2-bosqich o‘quvchilari uchun Ona tili va adabiyot fanidan Yakuniy davlat attestatsiya imtihoni o’tkazildi.
Imtihon jarayoni shaffoflik, adolatlilik, tartib-intizom tamoyillari asosida tajribali nazoratchilar ishtirokida, barcha o‘quvchilarining to‘liq ishtiroki ta’minlangan holda tashkil etildi.
Barcha bitiruvchilar uchun muhim va mas’uliyatli bosqich — yakuniy davlat attestatsiyasida omad yor bo'lishini va yuqori natijalar bilan yakunlashlarini tilab qolamiz!








