Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman

Chop etish

Assalomu alaykum! Hurmatli hamkasblar. Aziz talaba-o'quvchilar!

Mana shu fayzli damlarda Yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi shukuhga toʻlib turgan siz, azizlarni – nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka va opa-singillarimizni, navqiron yoshlarimizni, iymon-eʼtiqodli xalqimizni ulugʻ ayyom – Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

 

Fursatdan foydalanib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida yashayotgan musulmon doʻst va birodarlarimizni, ushbu moʻtabar ayyom bilan qutlab, ularga bardavom tinchlik, ravnaq va farovonlik tilayman.

Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning Oʻzi doimo madadkor boʻlsin!

 

Hurmat bilan Dilshodxon Islomov

SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori.