Akademik litseyning bitiruvchi o'quvchilari OTMlar tomonidan tashkil etilgan "Ta'lim ko'rgazmasi"da qatnashishdi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining bitiruvchi o'quvchilari joriy yilning 20-iyun kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tayotgan OTMlar tomonidan tashkil etilgan "Ta'lim ko'rgazmasi"da qatnashishdi.
Akademik litseyning bitiruvchi o'quvchilari ushbu "Ta'lim ko'rgazmasi" doirasida o'zlari o'qimoqchi bo'lgan OTMlar va undagi ta'lim yo'nalishlari, yaratilgan sharoitlar, talabalar uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.







