Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi

Chop etish

Kirish test sinovlari 2025-yil 24-iyul kuni respublikamizning barcha hududida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

 

Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:

birinchi smena soat 9:00 da;

ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

 

Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

 

Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

 

  Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda

 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)