Tanlovda ishtirok eting va g’oliblikni qo’lga kiriting

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-yanvardagi “2022-yildagi Respublika ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar samaradorligi va ta’sirchanligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 4-son bayoni bilan tasdiqlangan “Ekstremizm va terrorizim missionerlik g‘oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy, tasviriy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish dasturi”ning 4-bandi ijrosi bo‘yicha o’quvchilar o‘rtasida rasmlar tanlovi o’tkaziladi.
Tanlov “Ekstremizm, terrorizm va missionerlikning mudhish qiyofasini fosh etish” mavzusida tashkil etilib, tanlovda eng yaxshi rasm chizgan o‘quvchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Tanlov yakunida saralangan eng yaxshi ishlar (1, 2, 3-o‘rinlar) joriy yilning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markaziga taqdim etiladi.
Aziz o’quvchi-yoshlar tanlovda ishtirok eting, o’z iste’dodingizni namoyon etgan holda g’oliblikni qo’lga kiriting!


