Akademik litseyda aziz va muhtaram ustozlarni tabriklash maqsadida bayram tadbiri hamda bayram kechasi tashkil qilindi
1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni "Aziz va mo'tabar ustozlar bayramingiz muborak bo'lsin!"
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida aziz va muhtaram ustozlarni tabriklash maqsadida bayram tadbiri hamda bayram kechasi tashkil qilindi.
Yosh avlodni ma’nan yetuk, tafakkur olamini keng va bilimli inson etib tarbiyalayotgan o’qituvchi–murabbiylarni bayram munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litsey o’quvchilari ertangi kunimizning porloq kelajagi bo'lmish qalbi ezguliklarga yo’g’rilgan aziz ustozlar, mehridaryo muallimlarni “1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan samimiy muborakbot etib, bayram bilan qutlagan holda bayram tadbirini tashkil etishdi. Ushbu bayramda ustozlar haqida kuy qo’shiqlar yangradi, ajoyib sahna ko’rinishlari, go’zal raqslar namoyish etildi.
Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan o’quvchilar Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.



.jpg)







