Sportning Futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada akademik litsey jamoasi o‘yinda munosib ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni egallab qaytdi
Joriy yilning 2-oktabr kuni “5 muhim tashabbus” doirasida “1-oktabr o‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab Samarqand shahrida joylashgan akademik litseylar o‘rtasida Sportning Futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litsey jamoasi o‘yinda munosib ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni egallab qaytdi.
Tadbir yakunida akademik litsey jamoasi diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi. Akademik litsey jamoasini g‘alaba bilan qutlagan holda keyingi o‘yinlarida omad tilab qolamiz.







