204-guruh o‘quvchilari va ularning ota onalari hamda fan o'qituvchilari bilan birgalikda navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Chop etish

Joriy yilning 7-oktabr sanasida akademik litseyda 204-guruh o‘quvchilari va ularning ota onalari hamda fan o'qituvchilari bilan birgalikda navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishini akademik litsey ijrochi direktori Dilshodxon Islomov olib bordi. Yig‘ilishda 1-yil sarhisobi bo‘yicha o‘quvchilarning bir yil davomida erishgan yutuqlari, o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.

 

Ma’lumot o’rnida shuni aytish joizki ushbu guruhdagi 25 nafar o’quvchining 24 nafari yuqori natijani qayd qiluvchi xalqaro B2 darajadagi sertifikat va 15 nafari milliy sertifikatni qo’lga kiritishgan.

 

Ushbu yuqori natija munosabati bilan akademik litsey ijrochi direktori Dilshodxon Islomov guruh rahbari Nargiza Sattarova va o’quvchilarning ota-onalari hamda fan o'qituvchilarini  samimiy qutladi.

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati