Samarqand shahar FVB xodimlari kapitan F.Axmedov, kapitan Sh.Murodovlar ishtirokida davra suhbati tadbiri bo'lib o'tdi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida joriy o'quv yilining 9-oktabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 2/4/22-2895-sonli hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 03/20-4/1-8837-son xati ijrosi yuzasidan akademik litsey ijrochi direktori Dilshodxon Islomov boshchiligida, Samarqand shahar FVB xodimlari kapitan F.Axmedov, kapitan Sh.Murodovlar ishtirokida davra suhbati tadbiri bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda akademik litsey o'qituvchilari, ishchi xodimlari hamda o'quvchilarga Favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni tashkillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tabiiy ofatlar va texnogen
avariyalar yuzaga kelganda qanday tegishli amaliyotlarni bajarish kerakligi haqida hamda Kuz-qish mavsumini talofatsiz o'tkazish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.







