G'oliblar munosib taqdirlandi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar orasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish, yosh avlod qalbida xorijiy tillarni mukammal o’rganishga bo’lgan qiziqishlarni oshirish hamda ular uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o’quvchilarning xorijiy tillardagi bilimlarini yanada oshirish, ko’nikmalarini mustahkamlash hamda iqtidorli o’quvchilarni aniqlab, rag’batlantish maqsadida ham turli xil musobaqalar, online olimpiadalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, ularda eng yuqori natijalarni qayd etgan o’quvchilar har tomonlama rag’batlantirilmoqda.
Ana shunday olimpiadalarda biri SamDCHTI akademik litseyining xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchilari Nurullayev Nurali hamda Xolmurodov Shaxzod tomonidan o’tkazilib, natijalar e’lon qilingan edi. Mazkur olimpiadada eng yuqori ko’rsatkichlarni qayd etgan, bilimdon o’quvchilarga kecha, 17-fevral kuni sertifikat hamda faxriy yorliqlar topshirildi. Jarayon davomida akademik litseyda faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar g’oliblarni erishgan yutuqlari bilan qutlagan holda, ularga kelgusi o’qishlarida muvafaqqiyat tiladilar.
SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


