Diqqat! "Litsey ligasi" ning kuzgi mavsumi boshlanmoqda!
17-oktabr kuni (Juma), soat 14:00 da "Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi Zakovat klubi" tomonidan "Litsey ligasi" ga start beriladi.
Liga bir o‘quv yili doirasidagi ikki mavsum (kuz va bahor) davomida bo‘lib o‘tadi. Har bir mavsum 3 ta turni o‘z ichiga oladi. Har bir turda 24 tadan savol oʻynaladi.
Ligada g‘olib bo‘lgan jamoaga maxsus kubok, shuningdek dastlabki uch o‘rinni egallagan jamoalarga quyidagicha miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o‘rin: 1 million so‘m,
2-o‘rin: 700 ming so‘m,
3-o‘rin: 500 ming so‘m.
Musobaqada ishtirok etish uchun har bir guruhdan 7 kishilik (6 asosiy, 1 zahira) jamoa tuzishingiz va @abbos_msv manziliga murojaat qilib, roʻyxatdan oʻtkazishingiz soʻraladi.


