Vatan hijronida yongan qalb

Chop etish

Buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga mazkur yilda 539 yil to'ldi. Shu munosabat bilan mamlakatimizning barcha hududlarida turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, g'azalxonlik kechalari, badiiiy-adabiy uchrashuvlar hamda uning hayoti va ijodiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy simenarlar tashkil etilmoqda. 

Bir so'z bilan aytganda, mahoratli sarkarda, adolatsevar shoh va benazir shoir bo'lgan bobomiz tavalludini butun mamlakatimiz bo'ylab keng nishonlash odat tusiga kirib ulgurgan.

Ana shunday tadbirlardan biri bugun, 18-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida o'tkazildi. Akademik litseyda tahsil olayotgan o'quvchilar Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va serqirra ijodi haqida o'z bilim va mulohazalarini tengdoshlari bilan o'rtoqlashganlari holda uning beqiyos g'azal va ruboiylarini ijro etib tadbir qatnashchilari qalbiga iliqlik baxsh etdilar.

Bundan tashqari, jarayon davomida o'quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar esa ishtirokchilarning ma'naviy xordiq chiqarishlari, Bobur ijodiga bo'lgan qiziqish hamda mehr-muhabbatlari yanada ortishiga sabab bo'ldi.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati