105/108-guruh o‘quvchilari va ularning ota onalari hamda fan o'qituvchilari bilan birgalikda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 5-noyabr sanasida akademik litseyda navbatdagi yigʻilish 105/108-guruh o‘quvchilari va ularning ota onalari hamda fan o'qituvchilari bilan birgalikda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni akademik litsey ijrochi direktori Dilshodxon Islomov hamda litsey maʼmuriyati masʼul xodimlari olib bordi va yig‘ilishda umumiy maʼlumot bo‘yicha o‘quvchilarning ikki yil davomidagi oʻquv tizimi, qoʻlga kiritishi mumkin boʻlgan imkoniyatlar , o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.
Akademik litseyda tashkil etilgan ushbu ochiq muloqotda tashrif buyurgan oʻquvchilarning ota-onalariga kerakli barcha maʼlumotlar yetkazildi va ularning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi






SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati


