“Yangi daraxt — yangi nafas” ekochempionati yakunlandi!
SamDChTI akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘z uylari, mahallalari va turli joylarda 50 ga yaqin ko‘chatlar ekildi.
Bu ezgu tashabbus orqali yoshlar tabiatni asrash, atrof-muhitni obodonlashtirish va yashil hayotga hissa qo‘shish yo‘lida birlashdilar.
Ekochempionatda faol ishtirok etgan barcha talabalarimizga samimiy tashakkur bildirildi!
Sizning har bir ekkan niholingiz — kelajak uchun yangi hayot, yangi nafasdir.
G‘oliblar “Eng ko‘p daraxt ekkan jamoa” yo‘nalishi bo‘yicha aniqlanadi.
Keling, birgalikda yashil, toza va go‘zal kelajakni barpo etaylik!



.jpg)




