Yorqin istiqbol bunyodkorlari

Chop etish

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar samarasi o'laroq xalqaro maydonlarda yuqori natijalar qayd etayotgan, yuksak marralarga erishayotgan, jahon sahnalarida vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgan, yangidan yangi marralar sari shahdam odimlayotgan yoshlar soni kundan kun ortib bormoqda. 

Xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarning muddatidan oldin nufuzli OTMlarga talabalikka qabul qilinayotganligi, xorijiy ta'lim muassasalariga grantlarni qo'lga kiritayotganligi ham so'zimizning isboti bo'la oladi.

Ana shunday iqtidorli o'quvchilardan biri Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining 206-guruhi o'quvchisi Sultonmurodova Sevinch Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan "Sinergiya" Xalqaro universitetiga muddatidan avval talabalikka qabul qilindi.

Sevinch singari bilimli va shijoatli yoshlar Vatanimizning porloq kelajagi hamda istiqboli bunyodkorlaridir. 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati