107-guruhda ona tili va adabiyot fanidan Guzal Ochilova tomonidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil etildi
Joriy oʻquv yilining 15-noyabr kuni 107-guruhda ona tili va adabiyot fanidan Guzal Ochilova tomonidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil etildi.
Dars davomida o‘quvchilarning adabiy tafakkurini rivojlantirish va mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiluvchi bir qator qiziqarli metodlardan foydalanildi. Jumladan, “Sirli tarvuz”, “Kuzgi xat”, “Qovoqdagi maktublar”, “Anor donalaridagi ma’nolar”, “Sehrli daraxtlar”, “Sharada” she’riy topishmoqlari, “To‘g‘ri–noto‘g‘ri” hamda “Nilufar gullari” kabi usullar dars jarayoniga jonlilik va ijodiylik bag‘ishladi.
Mazkur mashg‘ulot o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, adabiy tafakkuri va ijodiy yondashuvini yanada kuchaytirgan holda, ular uchun esda qolarli tarzda o‘tdi.

.jpg)


SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati


