101-guruhda Algebra va analiz asoslari fanidan navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi

Chop etish

Joriy oʻquv yilining 19-noyabr kuni 101/25(2)-guruhda Algebra va analiz asoslari fanidan navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirish va mavzuni chuqur anglashiga xizmat qiluvchi interfaol metodlar — “Motivatsion videorolik”, “Tezkor test”, “Moslik o‘rnating”, “Konseptual jadvalni to‘ldiring”, “Matematik terminlar musobaqasi” kabi yondashuvlardan foydalanildi.

 

Dars jarayonida o‘quvchilarga mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil qilish va nazariy bilimlarni amaliy misollar orqali mustahkamlash imkonini beradigan topshiriqlar taqdim etildi.

 

Mashg‘ulot yakunida faol qatnashgan o‘quvchilar bilimga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantiruvchi maxsus matematik qo‘llanmalar bilan taqdirlandi. Ochiq dars yuqori saviyada o‘tib, o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati