Ona tili fanidan 104-guruh o‘quvchilari ishtirokida noan’anaviy ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Chop etish

Joriy oʻquv yilining 21-noyabr  kuni ona tili fanidan 104-guruh o‘quvchilari ishtirokida noan’anaviy ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish va mavzuni chuqur o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi bir qator interfaol metodlardan foydalanildi. Jumladan: “Charxpalak”, “Beshinchisi ortiqcha”, “Muzyorar”, “Bilimdon daraxt”, “Sinkveyn” hamda “FSMU” metodlari amalda qo‘llandi.

 

Mashg‘ulot “Sinonimlar va antonimlar, ularning uslubiy xususiyatlariga doir amaliy mashg‘ulot” mavzusida tashkil etilib, o‘quvchilarga so‘z boyligini kengaytirish, uslubiy rang-baranglikni anglash va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga keng imkon yaratdi.

 

Ochiq dars yuqori kayfiyatda o‘tib, o‘quvchilarning fan ga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati