202-guruh o‘quvchilari ishtirokida Abdulla Qahhorning “Ming bir jon”, “Asror bobo” va “San’atkor” hikoyalari asosida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi
Joriy o‘quv yilining 26-noyabr kuni ona tili fanidan 202-guruh o‘quvchilari ishtirokida Abdulla Qahhorning “Ming bir jon”, “Asror bobo” va “San’atkor” hikoyalari asosida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish, matn ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va mavzuni chuqur o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi bir qator interfaol metodlar qo‘llanildi. Jumladan: “O‘yla, izla, top!”, “Asardan parcha”, “Tezkor krossvord”, “Men kimman?”, “Adiblar yodi”, “Qaysi biri ortiqcha?”, “Smurf kapalaklari” hamda “Yosh kitobxon” metodlari amaliyotda samarali ishlatildi.
Ochiq dars yuqori kayfiyatda o‘tib, o‘quvchilarning ona tili va adabiyot faniga bo‘lgan qiziqishi yanada oshdi.








SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati


