"Kibermadaniyatni yuksaltirish" oyligi doirasida hamda 25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan navbatdagi huquqiy davra suhbati tashkil etildi
SamDCHTI akademik litseyida "Kibermadaniyatni yuksaltirish" oyligi doirasida hamda 25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan SamDCHTI xotin-qizlar raisi U.Mamatjonova tomonidan navbatdagi huquqiy davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatga SamDChTI inspektori, katta leytenant Z. Ibodullayeva taklif etildi. Soha vakili tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot jarayonida o‘quvchi qizlarga kibermadaniyat, kiberjinoyatlar, tazyiq va zo‘ravonlikning turlari, shuningdek ulardan himoyalanish uchun zarur bo‘lgan huquqiy bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Suhbat yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.






