207-guruh o‘quvchisi Ko‘bayeva Dilorom Faxriddin qizi “PINNACLE SCIENCE” ilmiy tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida o‘zining ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etdi
SamDCHTI akademik litseyining 207-guruh o‘quvchisi Ko‘bayeva Dilorom Faxriddin qizi “PINNACLE SCIENCE” ilmiy tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan “Yuksak ilm fidoyilari avlodi: taraqqiyotga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar va ijodiy g‘oyalar integratsiyasi” mavzusidagi konferensiya doirasida o‘tkazilgan “Yuksak ilm fidoyisi” Respublika ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida o‘zining ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etdi.
U ilmiy kengash qarori bilan
“Yuksak ilm fidoyisi” estalik nishoni, maxsus guvohnoma va sertifikat bilan taqdirlandi.
Diloromga kelgusidagi ilmiy izlanishlarida yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz.


SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati


