206-guruh o‘quvchilari ishtirokida adabiyot fanidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi
SamDCHTI akademik litseyida 206-guruh o‘quvchilari ishtirokida adabiyot fanidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot Abdulla Qahhorning “O‘jar” va “Adabiyot muallimi” hikoyalari tahliliga bag‘ishlandi.
Dars davomida o‘quvchilar yozuvchi qalamiga xos badiiy mahorat, obrazlar xarakteri, asarlarda ko‘tarilgan ijtimoiy-madaniy masalalar hamda qahramonlarning ruhiy kechinmalari yuzasidan fikr yuritdilar. Guruhlar kesimida savol-javob, tahliliy munozara va ijodiy yondashuvlar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va asarni chuqur anglash ko‘nikmalari rivojlantirildi.
Ochiq dars o‘quvchilarning badiiy tafakkurini kengaytirish, adabiyotga qiziqishlarini oshirish hamda Abdulla Qahhor ijodini chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.






