5-dekabr sanasida akademik litseyda jamoat ishlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan bir qator o‘quvchilar tantanali ravishda taqdirlandilar

Chop etish

Joriy o‘quv yilining 5-dekabr sanasida akademik litseyda jamoat ishlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan bir qator o‘quvchilar tantanali ravishda taqdirlandilar.

 

Ularga faxriy yorliqlar hamda 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari topshirildi.

 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu o‘quvchilar so‘nggi uch oy davomida o‘zining jamoat ishlaridagi faolligi, o‘tkazilgan tadbirlardagi yuqori darajadagi ishtiroki va sport musobaqalaridagi g‘olibliklari bilan ushbu mukofotlarga munosib ekanliklarini namoyon etishdi.

 

O‘quv yili davomida “Zakovat”, “Yosh kitobxon” kabi intellektual loyihalar va turli sport musobaqalari siz aziz yoshlarni kutmoqda.

 

Bilimingiz, teran fikrlashingiz va kuch-g‘ayratingizni namoyon qilib, siz ham ana shunday yutuqlarga erishishingiz mumkin. Yangi imkoniyatlar eshigi doimo ochiq — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati