O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – kelajagimiz poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Chop etish

SamDCHTI akademik litseyi Umum ta’lim kafedrasi o’qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – kelajagimiz poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir davomida o‘quvchilar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, undagi yangiliklar va fuqarolik burchlari haqida mehmonlarga batafsil ma’lumotlar ulashdilar. Shuningdek, sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar va raqslar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

 

 

SamDChTI Akademik litseyi axborot xizmati