Akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” koʻrik–tanlovi bo‘lib o‘tdi
Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” koʻrik–tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar nafaqat huquqiy bilimlari, balki kitobxonlik madaniyati, badiiy asarlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini ham sinovdan o‘tkazishdi.
Natijalarga ko‘ra, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan kuchli beshlik quyidagicha:
104-guruh jamoasi — 1-o‘rin
202-guruh jamoasi — 2-o‘rin
105-guruh jamoasi — 3-o‘rin
204-guruh jamoasi — 4-oʻrin
205-guruh jamoasi — 5-oʻrin
Ma’lumot uchun: tanlovning yakuniy final bosqichi yangi hafta davomida o‘tkaziladi. Unda g‘olib jamoalar quyidagi pul mukofotlariga ega bo‘lishadi:
1-o‘rin — 1 000 000 so‘m
2-o‘rin — 700 000 so‘m
3-o‘rin — 500 000 so‘m







